Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tezkor: Maxsus komissiya Mustaqillik bayrami bo‘yicha qaror qabul qildi

Tezkor: Maxsus komissiya Mustaqillik bayrami bo‘yicha qaror qabul qildi

O‘zbekiston mustaqilligining o‘ttiz yillik bayrami tadbirlarini ko‘tarinki ruxda o‘tkazish maqsadida Koraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ochiq maydonlarda sayillar, konsert tomoshalari va ko‘ngil ochar dasturlarni tashkil etish borasidagi tegishli tashkilotlar tomonidan berilgan takliflar ma’qullandi.

Koronavirus bilan kasallanish ko‘rsatkichlari nisbatan barqarorlashayotganini inobatga olib Respublika maxsus komissiyasi shunday qarorga kelgan. 

Mustaqillikning o‘ttiz yilligi bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazishni ta’minlashga mas’ullar tomonidan bayram tadbirlariga tashrif buyuruvchilarni niqob taqishlari, ijtimoiy masofani saqlashlari, shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish ustidan nazoratini kuchaytirishni ta’minlash shartligi belgilandi.

Shu o‘rinda Sog‘liqni saqlash vazirligi bayram tadbirlari o‘tkaziladigan maydonlarda, shuningdek, tashkilot, korxona, muassasalarda, yirik savdo majmualari, supermarketlar, ko‘ngilochar muassasalarda niqobda bo‘lish, ijtimoiy masofani saqlash, tana haroratini o‘lchash amaliyotlariga rioya etilishini so‘ragan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring