Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tezkor xabar! MXX va Bosh prokuratura rahbarlari o‘zgarishi kutilmoqda

Tezkor xabar! MXX va Bosh prokuratura rahbarlari o‘zgarishi kutilmoqda

Bugun, 31-yanvar kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Milliy xavfsizlik xizmati va prokuratura organlari xodimlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Ishonchli manbalarimizning xabariga ko‘ra, ushbu yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rilmoqda. Milliy xavfsizlik xizmati rahbari Rustam Inoyatov o‘z vazifasidan ozod etilib, uning o‘rniga 2015 yil 21 apreldan buyon O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori lavozimida ishlab kelayotgan Ixtiyor Abdullayev tayinlanishi kutilmoqda.

Shuningdek, Prezident davlat maslahatchisi Otabek Bahriddinovich Murodov O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori lavozimiga tayinlanishi kutilyapti.

Hozircha mazkur xabar rasman tasdiqlangani yo‘q. Tez orada qo‘shimcha ma’lumotlarni e’lon qilamiz.

Bizni kuzatishda davom eting!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring