Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikiston Bosh prokurori Majburiy ijro byurosi faoliyati bilan tanishdi

Tojikiston Bosh prokurori Majburiy ijro byurosi faoliyati bilan tanishdi

Foto: Majburiy ijro byurosi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.Murodov Tojikiston Respublikasi Bosh prokurori Yu.Rahmon boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda aniq mexanizmlarni joriy qilish yo‘li bilan terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurashish hamda mintaqada xavfsizlik va huquq-tartibotni ta’minlash samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, delegatsiya a’zolari Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi va Axborot-tahlil multimedia markazi, shuningdek, Bosh prokuraturaning Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va axborot xavfsizligini ta’minlash boshqarmasi hamda Qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash muammolarini tahlil qilish boshqarmasi faoliyati bilan tanishdilar.

Tojikiston Respublikasi Bosh prokurori Yu.Rahmon boshchiligidagi delegatsiya
Foto: O‘zbekiston Bosh prokuraturasi

Tojikiston Respublikasi Bosh prokurori Yu.Rahmon samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, bo‘lib o‘tgan muloqotdan mamnunligini, uchrashuv o‘zaro huquqiy munosabatlarning yanada rivojlanishi va mustahkamlanishiga turtki bo‘lishini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida fuqarolarning huquq va erkinliklari himoyasini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda chegara hududidagi prokuraturalarning o‘zaro hamkorligi masalalarida huquqiy yordam va hamkorlik to‘g‘risida Bitim imzolandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring