Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikistonlik ona-bola to‘rt nafar o‘zbekistonlikni Rossiyada quldek ishlatgan

Tojikistonlik ona-bola to‘rt nafar o‘zbekistonlikni Rossiyada quldek ishlatgan

Foto: «Vesti»

Moskva yaqinida yashovchi, asli tojikistonlik ona va o‘g‘li to‘rt nafar o‘zbekistonlik fuqaroga qullarcha munosabatda bo‘lib, dalada ishlatgan. Bu haqda Rossiya tergov qo‘mitasi hududiy boshqarmasiga asoslanib «Vesti» xabar berdi.

Zamonaviy «krepostnoylik huquqi» Serpuxovo tumanida o‘tgan iyun oyida, 29 yoshli xo‘jayin O‘zbekistondan to‘rt kishini olib kelganidan keyin yo‘lga qo‘yilgan. U 15 kunga 250 dollardan haq to‘lash bo‘yicha va’dasida turmagan, kamiga uning 51 yoshli onasi kerakli hujjatlarni rasmiylashtirish bahonasida o‘zbekistonliklarning pasportlarini olib qo‘ygan.

Oqibatda, deyiladi tergov qaydida, chorasiz qolgan migrantlar faqat qorin to‘yg‘azish uchun mehnat qilishga majbur bo‘lishgan.

O‘zbekistonliklar bir oydan ko‘p tekinga ishlashgan, keyin amallab politsiya bo‘linmasiga yetib olishgan.

Qilmishlari uchun ona va bola 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Tergov talqiniga ko‘ra, ular bunaqa ishni birinchi marta qilayotgani yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring