Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent aeroportida yana bir qo‘shmachi ushlandi

Toshkent aeroportida yana bir qo‘shmachi ushlandi

Toshkent xalqaro aeroportida farg‘onalik N.X. qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

Aytilishicha, u Turkiyada yashovchi «Kadir» ismli tanishi bilan oldindan til biriktirib, 1999-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan N.A.ni (qiz) fohishalik qilish uchun Istanbulga jo‘natishni rejalashtiradi. Shu maqsadda qizga «Toshkent-Istanbul» avia yo‘nalishi bo‘yicha chipta olib, shaxsan o‘zi kuzatayotganda departamentning Farg‘ona shahar va IIB bo‘limi xodimlari tomonidan ushlanadi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov jarayonida mazkur jinoyat ishi bog‘liq boshqa holatlar ham aniqlanishi ehtimoli yuqoriligi aytilayotir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring