Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent aeroportidan qadimiy tangalarni olib chiqishga urinish fosh etildi

Toshkent aeroportidan qadimiy tangalarni olib chiqishga urinish fosh etildi

Toshkent aeroportida «Toshkent-aero» ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari tomonidan qadimiy tangalarni yashirincha olib chiqishga uringan yo‘lovchi qo‘lga olindi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati bosh inspektori Husan Tangriyev xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Toshkent xalqaro aeroporti orqali xorijga uchib ketmoqchi bo‘lgan fuqaro A.A.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortgan. Ushbu shaxsga o‘rnatilgan tartibda tekshiruvdan o‘tkazilgan. Uning yonidagi shaxsiy yuklari solingan sumkadan 290 dona turli yillarda zarb etilgan qadimiy tangalar topilgan. Ularning asosiy qismi O‘zbekiston tarixiga oid madaniy boyliklar turkumiga kiritilgan – Cobiq Ittifoq davrida zarb etilgani tangalar ekani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring