Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent metrosidagi noxush holat, majburiy mehnat mojarolari, Putinning g‘alabasi, sudyalarga beriladigan qurol va boshqa xabarlar

Toshkent metrosidagi noxush holat, majburiy mehnat mojarolari, Putinning g‘alabasi, sudyalarga beriladigan qurol va boshqa xabarlar

Kollaj: «Xabar.uz»

Bugun, 19-mart kuni O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tamiz. Shuningdek, saytimizda e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz.

Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinga tabrik yo‘lladi

Bugungi kunda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar, avvalo XXR Raisining shaxsiy e’tibori va qo‘llab-quvvatlashi tufayli eng yuksak — strategik sheriklik darajasiga chiqqani, amalda har tomonlama o‘ylangan va o‘zaro manfaatli xususiyat kasb etgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Shavkat Mirziyoyev Putinni saylovdagi g‘alaba bilan tabrikladi

O‘tgan yilning aprel oyida Rossiya Federatsiyasiga amalga oshirilgan davlat tashrifi, yaqin muloqot, siyosiy iroda hamda tomonlarning amaliy hamkorlikni sifat jihatidan kengaytirishga birdek intilishi O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini salmoqli darajada mustahkamladi.

Nursulton Nazarboyev Navro‘zni Samarqandda nishonlaydi

Xabarda aytilishicha, 21-mart kuni qo‘shni davlat rahbari Samarqandga keladi va prezidentlar Navro‘z bayramini qadimiy shaharda o‘tkazishadi. Ayni vaqtda shaharda tashrifga tayyorgarlik ishlari jadal olib borilmoqda.

Putin Shavkat Mirziyoyev taklifini qabul qildi

Suhbat yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga kelishni taklif etdi.

28−29-mart kunlari Senatning yalpi majlisi o‘tkaziladi

28−29-mart kunlari Toshkentda O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining to‘qqizinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tadi. Bu haqdagi qarorni Senat Kengashi tasdiqladi, deb xabar berdi parlament yuqori palatasi axborot xizmati.

Huquq

Sudyalarga qurol berilib, oilasiga qurolli soqchilar ajratiladi

Yo‘riqnomaga asosan sudlar, sud protsesslari va ular ishtirokchilari hamda yaqin qarindoshlarining xavfsizligini ta’minlash ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Jamiyat

Kattaqo‘rg‘on fojiasi

Halok bo‘lgan o‘qituvchining oilasiga qancha miqdorda tovon puli to‘lanadi?

Bir o‘qituvchi halok bo‘lgani shunchaki unut bo‘lmasligi kerak. Uning oilasiga nafaqa va tovon pullari to‘lanishi shart. Ayniqsa, farzand dog‘i, suyukli yor va mehribon onasini qo‘msab, yuqoridagi haq-huquqlarini unutgan yoki bilmaydigan fuqarolar uchun yozganlarimiz eslatma bo‘lsin.

Qattaqo‘rg‘on — Pastdarg‘om yo‘nalishida ta’mirdan chiqqan antiqa yo‘l (foto)

Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on va Pastdarg‘om tumanini bog‘lab turuvchi deyarli 40 kilometrlik yo‘l ta’mirtalab ahvolda bo‘lgan. Yaqinda qisqa vaqt ichida yo‘lning faqat bir qismi tekislanib, yangi asfalt yotqizilgan.

Deputatlar kurashga qo‘shildi. Majburiy mehnat Oliy Majlisda muhokama qilinishi mumkin

Xalqaro ishlar va parlametlararo aloqalar qo‘mitasi va O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining fraksiyasi a’zosi, deputat Qodir Jo‘rayev Kattaqo‘rg‘onda halok bo‘lgan o‘qituvchi voqeasiga munosabat bildirdi.

Viloyat hokimi Kattaqo‘rg‘on fojiasi xolis o‘rganilishiga ishontirmoqda

Baxtsiz hodisaning Davlatimiz rahbarining viloyatimizga tashrifi bilan bog‘lab ommaviy axborot vositalarida turli xabarlar va munosabatlar bildirilayotgani noxolis talqin hisoblanadi va haqiqatga mos kelmaydi.

Inoyatovga ochiq xat: «Begunoh insonlarning uvoliga qolmang...»

Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida sodir bo‘lgan, yuqoridagi holatning deyarli egizi, ammo «kulminatsion nuqta»si fojia bilan yakun topgan baxtsiz hodisa ham aynan pedagoglarning obodonlashtirish yumushlariga jalb qilinishi oqibatida yuzaga kelgani ko‘pchilikka ayon bo‘ldi. Ne ajabki, xulosaga oqni qora, qorani oq deyish bilan nuqta qo‘yildi.

Kattaqo‘rg‘on tuman XTB boshlig‘i ishdan olingani tasdiqlanmadi

Diana Yenikeyevaning fojeali o‘limi bilan bog‘liq mojarodan so‘ng, Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani Xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i Alisher Jumanazarov ishdan olindi, deb xabar berdi «Sputnik» nashri.

Diana fojiasi: qirg‘oqning narigi tarafidan ikki nigoh

«Diana Yenikeyevaning ommaviy hashar tadbiridan o‘zini olib qochmagani, bosh tortmagani esa uning vijdonli bo‘lganidan dalolat beradi. Dianani tozalash ishlariga hokimiyatning buyrug‘i emas, vijdoni olib chiqqan. U o‘zining fuqarolik burchini ado etishga chiqqan».


Mobil mojaro: Sud «UMS»ning «Beeline»ga qarshi da’vosini qisman qondirdi

Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi «UMS» kompaniyasi da’vosini qisman qondirib, interkonnekt stavkasini joriy 42 so‘mdan 5 tiyingacha pasaytirish haqida qaror chiqargan.

«Dubinkaga yiqildingizmi? Boshqa yiqilmang». Bobomurod Abdullayevning ikkinchi sud yig‘ilishidagi ko‘rsatmalari

Tunda sudlanuvchi tergov izolyatorida bo‘lgan, u yerda uning tanasi ko‘zdan kechirilgan. Guvohlash bilan shug‘ullangan kishi, uning tanasidagi kaltaklash izlarini ko‘rib, «Tanangiz Ermitaj bo‘lib ketibdi, orqangiz galereya-ku. Dubinkaga yiqildingizmi? Boshqa yiqilmang» degan. O‘sha kuni uni suratga olishgan.

Sherzod Shermatov: «O‘zbekistonni dunyoga ijobiy tanitmoqchi bo‘lsak, xalqaro tashkilotlarning talablariga mos bo‘lgan ma’lumotlarni yig‘ishni ham yo‘lga qo‘yishimiz kerak»

O‘zbekiston 2015-yilda Global innovatsion indeksda 141 davlatdan 122-o‘rin olgan va eng ma’lumotlar kam bo‘lgan davlatlar ro‘yxatiga kirgan ekan. Undan keyin juda ma’lumotlar olish qiyin bo‘lganiga 2016 va 2017-yil reytinglariga qo‘shilmagan. 2018-yil reytingiga ham qo‘shilmasa kerak, sababi, bunday reytinglarda ma’lumotlar ancha oldindan yig‘ib olinadi va tahlil qilishga ko‘p...

Ertadan boshlab o‘zbekistonliklar Tojikistonga vizasiz borib-kelishi mumkin

2018-yilning 19-mart kuni Tojikiston parlamenti O‘zbekiston bilan imzolangan «Ikki davlat fuqarolarining bir-birining hududida bo‘lishi tartibi to‘g‘risida»gi bitimni ratifikatsiya qildi.

Toshkentda Navro‘z bayrami tadbirlari o‘tkaziladigan maydonlar va istirohat bog‘lari ro‘yxati e’lon qilindi

Shahar hokimiyati rasmiy saytida Navro‘z bayrami o‘tkaziladigan maydonlar va istirohat bog‘lari ro‘yxati e’lon qilindi .

Toshkent shahar IIBB tizimida yangi tayinlovlar

I.Sayfutdinova 1974-yil Toshkent viloyati Olmaliq shahrida tug‘ilgan. Oliy ma’lumotli. 1997-yil O‘zbekiston milliy universitetini tamomlagan. Faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining «Vatanparvar» gazetasida muxbir, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Birlashgan tahririyatida bo‘lim mudiri lavozimlarida mehnat qilgan.

Hodisa

Toshkentdagi metroda bir ayol o‘zini poyezd ostiga tashladi

19-mart kuni soat 21:00 atrofida Toshkent shahridagi metropolitenning «Beruniy» bekatida noxush voqea kuzatildi.

Sport

O‘zbekiston MTJning Senegal va Marokashga qarshi tarkibi

Shu yilning 23 va 27-mart kunlari O‘zbekiston milliy terma jamoasi safarda JCh-2018 ishtirokchilari Senegal va Marokash milliy terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.

Farg‘onada Keniyaga qarshi o‘ynaydigan O‘zbekiston OTJ tarkibida yangi nomlar bor

Bo‘lajak musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida O‘zbekiston OTJ uchun 23 va 26-mart kunlari Keniya terma jamoasiga qarshi yurtimizda 2 ta o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.

Aleksandr Geynrix qozoq klubiga murabbiy bo‘ladi

Geynrix so‘nggi vaqtlarda «Ordabasi» jamoasi tarkibida so‘p surayotgan edi. Qozoq nashrlarida yozilishicha, u qozoq futbolidan uzoqlashmoqchi emas.

Texnologiya

O‘zbekiston hukumati shaharsozlik va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida innovatsiyalarni joriy etadi

O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vazirligi shaharsozlik va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida innovatsion rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishga kirishdi.

Dunyo

Donald Tramp narkodilerlar uchun o‘lim jazosini joriy etmoqchi

Donald Tramp davlat rahbari bo‘lgach, narkotraffikka qarshi kechkin choralar qo‘llash kerakligini ko‘p bor ta’kidlagan edi.

AQSh davlat qarzi rekord darajaga yetdi

Donald Trampning saylovoldi va’dalaridan biri davlat qarzini kamaytirish va butunlay yo‘q qilish bo‘lgan. Prezident o‘tkazadigan iqtisodiy islohotlari qarzdorlikdan qutulishga zamin yaratishini e’lon qilgandi. Ammo Tramp prezidentligining dastlabki yilida davlat qarzi trillion dollardan ko‘proq ortdi.

Hindistonlik bojxonachilar samolyot hojatxonasidan to‘rtta oltin bo‘lagini topdilar

Oltinning qiymati 700 ming rupiy (10,7 ming dollar) deya baholangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘lovchi oltinni noqonuniy ravishda olib o‘tgan.

Tavsiya qilamiz

«Bolam maktabga metallolom tashimasin!»

Dastlab Romitan tumanida bo‘lgan sayyor qabulda Qahramon MFYda yashovchi Bayram Murodavaning murojaatiga quloq tutsak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring