Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahar hokimligi haydovchilarni ogohlantirdi

Toshkent shahar hokimligi haydovchilarni ogohlantirdi

19-avgust kuni Konya shahrida (Turkiya) bo‘lib o‘tgan V Islom birdamligi o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasini kutib olish maqsadida soat 18:00 dan 23:00 gacha bo‘lgan vaqtda poytaxtimizning bir necha ko‘chalari avtomobillar harakati uchun yopiladi.

Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi. 

Unga ko‘ra:

— Toshkent xalqaro aeroportidan Qumariq va Sodiqjon Tolipov ko‘chalari bo‘ylab Nukus ko‘chasigacha;
— Nukus ko‘chasidan uning Oybek ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
— Oybek va Afrosiyob ko‘chalaridan Afrosiyob ko‘chasining Sharof Rashidov ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
— Sharof Rashidov ko‘chasi bo‘ylab uning Navoiy shoh ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
—Navoiy shoh ko‘chasi bo‘ylab uning Amir Temur shoh ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
— Amir Temur shoh ko‘chasi bo‘ylab uning Islom Karimov ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
— Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab uning Botir Zokirov ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
— Botir Zokirov ko‘chasidan Paxtakor ko‘chasi 79-uygacha bo‘lgan hududlar yopiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring