Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahar hokimligi sobiq prokuror bilan xayrlashib, unga omad tiladi

Toshkent shahar hokimligi sobiq prokuror bilan xayrlashib, unga omad tiladi

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent shahar prokurori Sherzod Obloqulov lavozimini tark etgani haqida xabar berilgan edi. Toshkent shahar hokimligi telegram-kanali orqali prokuror bilan xayrlashdi va unga omad tiladi.

«Hurmatli Sherzod Soatqulovich!

Sizning oxirgi ikki yilda Toshkent shahar prokurori lavozimida ishlab, poytaxtimiz fuqarolarining haq-huquqlarini himoya qilishda, huquqbuzarliklarning oldini olishda yuritgan faoliyatingiz, shahrimizning rivojlanishi yo‘lida qo‘shgan hissangiz uchun minnatdorlik bildiramiz.

Kelgusida qayerda va qaysi lavozimda faoliyat yuritishingizdan qat’iy nazar, yurtimiz farovonligi yo‘lida fidokorona mehnat qilasiz deb ishonamiz va amalga oshiradigan ishlaringizda omad tilab qolamiz», — deyiladi hokimlik tomonidan berilgan xabarda.

Adliya katta maslahatchisi Sherzod Obloqulov turli yillarda Bosh prokuraturada prokuror va boshqarma katta prokurori (2007−2011 yillar), Navoiy viloyatining Xatirchi tumani prokurori (2011−2013), Jizzax viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari (2013−2016) va Sirdaryo viloyati prokurori (2016−2017) lavozimlarida ishlagan.

U O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2017 yil 12 iyundagi buyrug‘iga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va «Prokuratura to‘g‘risida»gi Qonuniga asosan Toshkent shahar prokurori lavozimiga 5 yil muddatga tayinlangan va mazkur prokuratura hay’ati raisi etib tasdiqlangandi.

Eslatib o‘tamiz, sobiq bosh prokuror Otabek Murodovning lavozimdan chetlatilishi ortidan, Bosh prokuraturadagi rahbarlik lavozimlarida o‘zgarishlar bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring