Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahar IIBB tomonidan Manasga bayram sovg‘alari yuborildi

Toshkent shahar IIBB tomonidan Manasga bayram sovg‘alari yuborildi

Foto: «GUVD.uz»

Navro‘z bayrami munosabati bilan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan Jizzax viloyatining eng chekka hududlaridan biriga bayram sovg‘alari yuborildi. Bu haqda Toshkent ShIIBB xabar berdi.

Viloyat markazidan 70 kilometr uzoqlikda joylashgan Manas qishlog‘i aholisini Navro‘z ayyomi bilan munosib qutlash, ularga bayram kayfiyatini ulashish maqsadida kiyim-kechaklar, poyabzal, oziq-ovqat mahsulotlari, shirinliklar va bolalar uchun o‘yinchoqlar yetkazib berildi.

«Obod qishloq» loyihasi doirasida Manas qishlog‘ida obodonlashtirish ishlarining olib borilishi haqidagi xabar shu yerlik aholining quvonchiga sabab bo‘lgan edi. Toshkent shahar IIBB tomonidan bayram kunlari ko‘rsatilgan g‘amho‘rlik esa ushbu xursandchilikni ikki hissa oshirdi, deyish mumkin.

O‘z navbatida, qishloq ahli ko‘rsatilgan yordam va e’tibor uchun IIBB xodimlariga o‘z minnatdorliklarini izhor etdilar.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring