Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahar sudi sudyasi muxbirni sud zalidan chetlashtirdi

Toshkent shahar sudi sudyasi muxbirni sud zalidan chetlashtirdi

Foto: «Gazeta.uz»

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi sudyasi «Gazeta.uz» muxbirini «bozorkomlar» ishi bo‘yicha majlis oldidan sud zalidan chetlashtirgan.

Ma’lum qilinishicha, 18-aprel kuni 14:00 da Toshkentdagi bir qator bozorlar rahbarlari hamda shahar departamenti amaldorlariga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud majlisi rejalashtirilgan edi.

Majlis oldidan muxbir sudya kotibidan sud jarayoni audiosini yozib olish uchun diktofondan foydalanish mumkinligini so‘ragan. Kotibning iltimosi bilan unga jurnalist guvohnomasi ko‘rsatgan.

Sudya Sardor Sodiqov zalga kirib kelgan vaqtda binoda 70 nafarga yaqin kishi, jumladan 11 nafar sudlanuvchi (ish bo‘yicha jami 22 kishi sudlanmoqda — tahr.) va 12 nafar advokat yig‘ilgan bo‘lgan. Sudlanuvchilardan birining advokati majlis oldidan sudyaga jurnalistlar zalni tark etishini so‘rab murojaat qildi. U mazkur ishning ommaviy yoritilishini istamagan o‘z himoyasi ostidagi shaxsning aybsizlik prezumpsiyasi masalasini tilga oldi.

Sardor Sodiqov jurnalistlarga majlisda ishtirok etishni taqiqlay olmasligini ma’lum qilgan, biroq hukm chiqarilguniga qadar ish OAVda yoritilmaslik shartini qo‘ygan. Uning so‘zlariga ko‘ra, hukm chiqarilganidan so‘ng press-brifing tashkil etilib, jarayon tafsilotlari ma’lum qilinadi.

«Gazeta.uz» muxbiri esa sud majlisining ochiq ekani, qonunchilikka ko‘ra, ochiq sud majlislarida ishtirok etish hamda jarayonni yoritish huquqiga ega ekanini ta’kidlaydi.

Sardor Sodiqov boshqa advokatlar va sudlanuvchilardan o‘zining «Gazeta.uz» muxbirini zalga qo‘ymaslik to‘g‘risidagi iltimosini qo‘llab-quvvatlashini so‘raydi. Ulardan ayrimlari, jumladan zaldagi ko‘pchilik odamlar uning g‘oyasini ma’qullaydi.

Sudya yana bir marta jurnalist majlisda ishtirok eta olishini, biroq uni keyinchalik yorita olmasligini ta’kidlagan. Muxbir esa, shunga qaramasdan, sud majlisi haqida yozishini ma’lum qiladi. Bu gapdan so‘ng Sardor Sodiqov uning zalni tark etishiga buyruq bergan. Asoslar haqida so‘zlar ekan, u O‘zbekiston Jinoyat-protsessual kodeksiga murojaat qilib, ochiq sud majlislarida alohida shaxslarni sud zalida bo‘lishini taqiqlash huquqiga ega ekanini ta’kidlagan.

Sud majlisi zalida tartibni saqlab turish uchun zarur bo‘lgan hollarda, sud ayrim shaxslarning sudning ochiq majlislarida hozir bo‘lishini taqiqlashga haqli. Biroq «Gazeta.uz» muxbiri hech qanday tartiblarni buzmaganini aytadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring