Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent shahri yer usti metrosi kelgusi yil Navro‘zdan ishga tushiriladi (foto)

Toshkent shahri yer usti metrosi kelgusi yil Navro‘zdan ishga tushiriladi (foto)

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

Umumiy uzunligi 52,1 kilometrdan iborat mazkur metro qurilishi besh bosqichda amalga oshiriladi. Dastlab Toshkent metropolitenining «Do‘stlik» bekatidan Qo‘yliq bozorigacha bo‘lgan qismi quriladi. 11 kilometrlik bu qismda sakkizta bekat bunyod etiladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlatimiz rahbari Yashnobod tumaniga tashrif buyurib, mazkur metro qurilishining borishi bilan tanishdi.

«Jamoat transportining faqat neft yoki gazga bog‘lanib qolishi noto‘g‘ri. Yer usti metrosi arzon, qulay va xavfsiz. Eng muhimi, bu boshqa jamoat transportlaridagi yuklamani o‘ziga oladi, shahar markazidagi tirbandlikni kamaytiradi. Yo‘l haqi tushumiyam vaqtida va joyida bo‘ladi», dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shu jihatlarni hisobga olib, qurilishni tezlashtirish, ishni bir necha smenada tashkil etib, ertaroq qurib bitkazish zarurligi ta’kidlandi.

Prezidentimiz yer usti metrosining birinchi bosqichini kelgusi yil Navro‘z bayrami arafasida foydalanishga topshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring