Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahrida mast holda avtomobil boshqargan haydovchilar surati e’lon qilindi

Toshkent shahrida mast holda avtomobil boshqargan haydovchilar surati e’lon qilindi

1994 yilda tug‘ilgan Rafiqov Alimardon Solijon o‘g‘li ham mashinani mast holda boshqargan

Foto: «Guvd.uz»

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi mast holda avtomobil boshqargan haydovchilar suratini e’lon qildi.

Xabarda aytilishicha, 2018-yilning 20-yanvar kuni, Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda yo‘l harakati qoidabuzarliklariga yo‘l qo‘yilganlik holatlarini aniqlash borasida o‘tkazilgan tadbir davomida bir qator qonunbuzarlik holatlari aniqlandi.

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, o‘tkazilgan tadbir jarayonida yo‘l harakati ishtirokchilari tomonidan jami 3029 ta qoidabuzarlik aniqlangan. Jumladan, mast holatda transport vositasini boshqarish — 30 ta, transport vositalarini hujjatsiz boshqarish – 81 ta, svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga rioya qilmaslik – 72 ta, harakat davomida uyali telefondan foydalanish – 67 ta, odam tashishi qoidalarini buzish – 386 ta, tezlikni belgilangan me’yoridan oshirish – 218 ta, bo‘ysunmaslik - 14, xavfsizlik kamarini taqish qoidalariga bo‘ysunmaslik – 1239 ta.

Jami 163 ta transport vositalari jarima maydonchasiga qo‘yilgan. Hozirda ushbu yo‘nalishda tadbirlarning o‘tkazilishi davom ettirilmoqda.

Ro‘ziyev Sirojiddin Sevinovich, 1991 yilda tug‘ilgan;

Rahmonqulov Sodiqjon Otaqulovich, 1977 yilda tug‘ilgan;

Egamberdiyev Suhrob Rustamjonovich, 1988 yilda tug‘ilgan;

Anorqulov Ismoil Tojiqulovich, 1975 yilda tug‘ilgan.

Abdukarimov Bahodir Mahmudovich, 1985 yilda tug‘ilgan.

Xo‘jamberdiyev Salimjon Rahimberdiyevich, 1972 yilda tug‘ilgan.

Umarov Elyor Komilovich, 1975 yilda tug‘ilgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring