Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyati hokimining uyida chiroq o‘chdi

Toshkent viloyati hokimining uyida chiroq o‘chdi

Davron Hidoyatov.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Toshkent viloyati hokimi v.b. Davron Hidoyatov xizmat uyiga ko‘chib kirganiga bir hafta bo‘lmay chiroq o‘chganini ma’lum qildi.

«Surishtirsam, qarzdorlik bor ekan. Mendan avval bu uyda yashaganlar elektr haqini to‘lamagan. Menga aytishdiki, farmoyish bilan hokimiyat hisobidan bu qarzdorlikni bartaraf etish mumkin...

Nega? Hokimiyat uy-joy bilan ta’minlashi mumkindir, lekin kommunal xizmatga to‘lovni u hokim bo‘ladimi, prokuror bo‘ladimi, shaxsan o‘zi amalga oshirishi kerak!

Nega amaldor ishlatgan elektr budjetdan, xalq pulidan qoplanishi kerak? Men bunaqa farmoyishlarga qo‘l qo‘ymayman!», degan Davron Hidoyatov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring