Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyati soliqchilariga yangi «Nexia-3» va «Gentra» avtomobillari berildi

Toshkent viloyati soliqchilariga yangi «Nexia-3» va «Gentra»  avtomobillari berildi

Foto: Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi

Nurafshon shahrida Toshkent viloyatining 14 ta tuman va shahar davlat soliq inspeksiyalari rahbarlariga xizmat mashinalarini topshirish tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘’basi xabar berdi. 

Tadbirni Toshkent viloyati hokimi G‘.Ibragimov kirish so‘zi bilan ochdi. Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari A.Fayziboyev hamda viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Abdujalil Qurbonovlar so‘zga chiqib, barcha DSI rahbarlarini budjetga tushirilgan tushumlar yakunlari va yangi mashinalar berilishi munosabati bilan tabrikladi. 

Foto: Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi

Tadbirda viloyat samarali faoliyati yuritib kelayotgan 14 ta tuman va shahar, jumladan, Oqqo‘rg‘on, Bo‘ka, Zangiota, Qibray, Parkent, Toshkent, Yangiyo‘l, Bekobod tumanlari, shuningdek, Angren, Ohangaron, Bekobod, Chirchiq, Yangiyo‘l, Nurafshon shaharlari davlat soliq inspeksiyasi boshliqlari «Nexia-3» va «Jentra» rusumli xizmat avtomobillari kalitini qabul qilib olishdi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring