Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatida poyezd g‘ildiraklari orasidan mariuxana topildi

Toshkent viloyatida poyezd g‘ildiraklari orasidan mariuxana topildi

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi

Toshkent viloyatining Toshkent tumanida mamlakatimizga kirib kelayotgan yuk poyezdidan marixuana giyohvand moddasi borligi aniqlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

Bojxona hodimlarining DXX chegara qo‘shinlari vakillari bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbir davomida Toshkent tumani «Oqko‘prik» temir yo‘l chegara stansiyasiga qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan yuk poyezdi vagonlaridan birining g‘ildirak juftliklari orasida og‘irligi 371,55 grammni tashkil etuvchi 2 dona o‘ramda marixuana giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring