Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda bir haftada 20 mingga yaqin qoidabuzarlik sodir etildi

Toshkentda bir haftada 20 mingga yaqin qoidabuzarlik sodir etildi

Foto:«Xabar.uz»

Toshkent shahar IIBB YHXB yo‘l patrul xizmati inspektorlari tomonidan joriy yilning 3-iyunidan 9-iyuniga qadar jami 19292 ta qoidabuzarliklar aniqlangan. Bu haqda YHXB matbuot zxizmati xabar berdi. 

Shulardan 3268 tasini qo‘pol qoidabuzarliklar, 47 nafar haydovchilar transport vositasini mast holda boshqarganligi, 189 nafar haydovchilar svetoforning taqiqlovchi qizil chiroqlariga bo‘ysunmaganligi tashkil etmoqda. 

1765 nafar haydovchilar odam tashish qoidasini buzganligi, 1515 nafar haydovchilar to‘xtash va to‘xtab turish qoidasini buzganligi uchun chora ko‘rilgan, 1197 nafar piyodalar yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tganligi uchun chora ko‘rilgan, 16 nafar haydovchilar transport vositasining oynalarini tegishli ruxsatnomasiz qoraytirgan holatda harakatlanganligi, shuningdek 106 nafar haydovchilar uyali telefondan foydalanganligi, 8091 nafar haydovchilar xavfsizlik kamarlarini taqmasdan harakatlanganligi uchun ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring