Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda bir kechada 603ta tezlikni oshirish holati qayd etildi

Toshkentda bir kechada 603ta tezlikni oshirish holati qayd etildi

Foto: Toshkent shahar IIBB

7 sentyabrdan 10 oktyabrgacha bo‘lgan davrda Toshkentdagi radarlar haydovchilar tomonidan 35 166ta tezlik rejimining buzilishi holatlarini qayd etdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

8 oktyabrdan 9 oktyabrga o‘tar kechasi 484ta, 9 oktyabrdan 10 oktyabrga o‘tar kechasi esa 603ta tezlikni oshirish holati qayd etilgan. Masalan, radarlar birgina Toshkent halqa avtomobil yo‘lida Olmazor tumanida tezlikni ruxsat etilgan darajada oshirgan 107ta, Sergeli tumanida esa 108ta avtomobilni qayd etgan.

10 oktyabr kuni shaharning sakkizta nuqtasiga, jumladan, Mirzo-Ulug‘bek tumanidagi ko‘chalardan biriga va Shota Rustaveli ko‘chasiga o‘rnatilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring