Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda bugundan yana bir yangi avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yildi

Toshkentda bugundan yana bir yangi avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yildi

Foto: «Toshshahartransxizmat»

Poytaxtning Sergeli tumanida qisqa fursatda bunyod etilgan yangi uylar bugun katta mavzega aylandi.

«Toshshahartransxizmat» AJ tomonidan ushbu mavzelardan o‘tuvchi yo‘nalishlarning harakat jadvaliga qo‘shimcha avtobuslar biriktirish va yangi yo‘nalishlar ochish ishlari olib borilmoqda.

Xususan, aholi murojaatlaridan kelib chiqib, Yangi Sergeli mavzesi aholi punktini shahar markazi va metro bekatlari bilan bog‘lovchi yangi yo‘nalishlar tashkil etilmoqda.

Jumladan, 133A–«Yangi Sergeli «Olmazor metro bekati» yo‘nalishi faoliyati joriy yil 25-apreldan yo‘lga qo‘yilmoqda. Ushbu yo‘nalishda avtobuslar 4 ta harakat jadvali asosida qariyb 7 kilometrlik qisqa masofa oralig‘ida qatnaydi.

Foto: «Toshshahartransxizmat»

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring