Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda ilk bor yarim marafon o‘tkaziladi

Toshkentda ilk bor yarim marafon o‘tkaziladi

Foto:«Gubkin.uz»

Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi bilan yangi yarim marafon loyihasiga qo‘l urdi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi. 

Marafon 24-mart kuni o‘tkaziladi. Yarim marafonning uzoqligi 21 km 097,5 metr. Unda 18 va undan yuqori yoshdagi ayollar va erkaklar, shuningdek, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Afg‘oniston, Turkmaniston, Turkiya va Xitoy davlatlarining jamoalari ham ishtirok etadi.

Bundan tashqari, 5 km masofaga yugurish musobaqasi ham o‘tkazilib, unda 15 va undan yuqori yoshdagilar qatnashishi mumkin.

Marafonda qatnashmoqchi bo‘lganlar 15-fevraldan 15-martga qadar ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring