Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda issiq suv narxi oshdi

Toshkentda issiq suv narxi oshdi

Foto:«Espreso.tv»

8 dekabrdan boshlab Toshkentda markaziy isitish tizimi va issiq suv ta’minoti tariflari oshadi. Bu haqda «Toshissiqquvvati» rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Aholi uchun markaziy isitish tizimiga bir oylik tarif turar-joy kvadrat metri uchun 1610,99 so‘mgacha oshiriladi.

Issiq suv ta’minoti uchun yangi tarif hisoblagichsiz kishi boshiga 18609,24 so‘mni tashkil etadi, hisob uskunasi bo‘lganda issiq suv ta’minoti kubometriga 4765,20 so‘mga teng bo‘ladi.

Narxlarning ko‘tarilishiga «energiya tashuvchilar va materiallar narxi oshishi» saba qilib keltirilgan.

Mazkur tariflar bo‘yicha narxlar joriy yilning may oyida oshgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring