Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda masjidlar atrofidagi yo‘llar transport harakati uchun berkitiladi

Toshkentda masjidlar atrofidagi yo‘llar transport harakati uchun berkitiladi

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

Toshkent shahar IIBB Qurbon hayiti munosabati bilan masjidlar atrofidagi yo‘llar transport harakati uchun berkitilishini ma’lum qildi. 

«Ma’lum qilamizki, Qurbon hayiti munosabati bilan 10-avgust kuni soat 24:00 dan 11-avgust kuni soat 8:00 gacha masjidlar atrofidagi yo‘llar 1 kilometr masofa doirasida transport vositalarining harakati uchun berkitiladi.

Sizlardan avtomobillarni tegishli joylarda qoldirishni va o‘zgalar uchun noquyliklar tug‘dirmaslikni so‘raymiz. Imkon qadar shahar jamoat transporti xizmatlaridan foydalaning» deyiladi IIBB xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring