Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda qarzdor ota 204 million so‘m aliment to‘ladi

Toshkentda qarzdor ota 204 million so‘m aliment to‘ladi

Foto: «Xabar.uz»

Majburiy ijro byurosi Mirobod tuman bo‘limi qarzdor M.Sobirovdan undiruvchi N.Sobirovaning foydasiga 204 million so‘m undirib berdi, deb xabar bermoqda «Repost».

Qarzdor bir qancha muddat aliment to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab kelgan. Oqibatda 4 milliondan ortiq qarzdorlik yuzaga kelgan. Qarzdor ota 2 nafar voyaga yetmagan farzandlari uchun voyaga yetgunga qadar bo‘lgan miqdorda aliment pullarini – 204 million so‘mni oldindan to‘lashga qaror qilgan. 

Byuroning ma’lum qilishicha, ayol oldindan to‘langan pullarga o‘zi va farzandlari uchun uy sotib olgan. Bunga qadar ayol ikki farzandi bilan ota-onasining 2 xonali uyida yashab kelayotgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring