Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda tramvaylar faoliyatini tiklash taklif etildi

Toshkentda tramvaylar faoliyatini tiklash taklif etildi

«Menimcha» teleloyihasining navbatdagi sonida Toshkentda tramvaylar faoliyatini tiklash taklif qilindi.

«Transport faoliyatini takomillashtirish maqsadida Toshkentga tramvaylarni qaytarish kerak, menimcha. Katta va gavjum shaharga tramvay juda asqatadi. Hammamizning esimizda-ku o‘sha qulay, bejirim, bir tekis yuradigan, eng muhimi ekologiyaga umuman zarar yetkazmaydigan qadrdon tramvaylar. Bu mening fikrim, albatta. Agar Toshkent mutasaddilarining o‘rnida bo‘lganimda, ana shu tashabbus bilan chiqardim», — muallif deydi Xayrulla Nuriddinov.

Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev 19 yanvar kuni Toshkent shahrida jamoat transportini rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishgandi. 

Shuningdek, prezident shahar jamoat tranportini masalasida amaldorlarni tanqid qilib chiqqandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring