Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda yangi xususiy aviakompaniya ochiladi

Toshkentda yangi xususiy aviakompaniya ochiladi

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Bugun, 15-sentabr kuni Toshkent shahar hokimligida navbatdagi “Investorlar kuni” bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Unda O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayev ishtirok etib, 40 dan ortiq loyihalar bilan tanishib chiqdilar.

Tadbirda INTER AVIASERVIS asoschisi Jahongir Fayzullayev Toshkentda yangi aviakompaniya ochish taklifini ilgari surdi. Tadbirkor ko‘p yillar davomida avialaynerlar bozorini o‘rganib, chiptalarni sotish, parvozlar va yo‘nalishlar sonini o‘rganib chiqqan. Uning so‘zlariga ko‘ra, xorijiy kompaniyalar bilan A-320 va A-321 samolyotlari lizingi bo‘yicha shartnomalar mavjud.

Jahongir Ortiqxo‘jayev investor taklifini qo‘llab-quvvatlab hokimiyatdan barcha zurur ko‘mak berilishini ta’kidladi.

Uchrashuvda taqdim etilgan loyihalarning umumiy qiymati 5 trillion so‘mdan ziyod bo‘lib, ularning amalga oshirilishi 10 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratilishini ta’minlaydi.
Tadbirda loyihalarning qariyb 90 foizi ma’qullandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring