Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda «Yilning eng faol adolatchi ayoli» aniqlandi

Toshkentda «Yilning eng faol adolatchi ayoli»  aniqlandi

Foto: «Adolat» SDP matbuot xizmati

Joriy yilning 5-mart kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston «Adolat» SDP tashabbusi bilan  «Yilning eng faol adolatchi ayoli» Respublika ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda partiya matbuot xizmati xabar berdi.

Tantanali tadbirda O‘zbekiston «Adolat» SDP Siyosiy Kengash a’zolari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, mahalliy kengash deputatlari, ko‘rik-tanlovning hududiy bosqichlari g‘oliblari, partiya faollari hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.

Foto: «Adolat» SDP matbuot xizmati

Ko‘rik-tanlovda turli yoshdagi, har-xil kasb va hayotiy tajribaga ega 800 ga yaqin xotin-qizlar ishtirok etdi.

Yakunda Samarqand viloyati ishtirokchisi Nargiza Yunusova faxrli I o‘ringa, Qashqadaryo viloyati ishtirokchisi Dilrabo Choriyeva II o‘ringa, Andijon viloyati sharafini himoya qilgan ishtirokchi Janona Rahimova esa III o‘ringa munosib ko‘rildi. Shu bilan birga, ko‘rik-tanlovning qolgan barcha ishtirokchilari o‘z iqtidor va qobiliyatlariga ko‘ra turli nominatsiyalar bo‘yicha partiyaning faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.

 Bugungi kunga kelib  «Adolat» SDP a’zolarining 50 foizini ayollar tashkil qilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring