Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi mahallalarda arzonlashtirilgan yarmarkalar tashkil etilmoqda

Toshkentdagi mahallalarda arzonlashtirilgan yarmarkalar tashkil etilmoqda

Foto: Toshkent shahri DSB matbuot xizmati

Toshkent shahar davlat soliq xizmati organlari tomonidan karantin vaziyatida aholiga qulaylik yaratish, uyidan uzoqqa bormay xaridlarni amalga oshirishini ta’minlash maqsadida mahallalarda arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkalari tashkil etilmoqda.

Toshkent shahar DSB tashabbusi bilan poytaxtimizning Yunusobod tumani, 4 sektor hududida joylashgan «Qadrdon» mahallasida ko‘chma yarmarka tashkil etildi.

Tuman davlat soliq inspeksiyasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan yarmarka davomida fuqarolarga 1000 kg kartoshka, 550 kg piyoz, 350 kg sabzi, 400 kg un hamda 300 litrdan ziyod o‘simlik yog‘i hamda boshqa mahsulotlar arzonlashtirilgan narxlarda sotildi. Endilikda, ushbu mahalla aholisi bozorga borishiga zarurat qolmadi.



Yashnobod tumani, 4-sektor hududidagi «O‘rta masjid» va «Uysozlar» mahallalari aholisiga ham ro‘zg‘or uchun zarur 10 turdagi mahsulotlar arzon narxlarda yetkazib berildi.

Huddi shuningdek, Shayxontohur tumanidagi «Gulobod» hamda «Charx novza», Mirzo Ulug‘bek tumanining, «Bahor», Sergeli tumanining «Shukurona» mahallalarida tashkil etilgan yarmarkalarda fuqarolar arzonlashtirilgan go‘sht, yog‘, kartoshka, piyoz, tuxum, un, guruch, shakar, karam, pamidor va boshqa mahsulotlarni arzon narxlarda sotib olish imkoniga ega bo‘lishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring