Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentdagi yadro universitetiga direktor tayinlandi

Toshkentdagi yadro universitetiga direktor tayinlandi

Shavkat Abdukomilov "MMFI" Milliy tadqiqot yadro universitetining Toshkent shahridagi filialining ijrochi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Shu kungacha texnika fanlari nomzodi Sh.Abdukomilov "O‘zatom" agentligining "Ilm-fan, innovatsiya va kadrlarni tayyorlash" boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, MMFI MTYaU Toshkent shahridagi filiali o‘z faoliyatini 2019 yilning 3 sentyabr kuni boshlagan bo‘lib, bugungi kunda filialda bakalavrlar kunduzgi ta’lim dasturi asosida “Yadro energetikasi va issiqlik fizikasi”, “Yadro fizikasi va texnologiyalar”, “Issiqlik energiyasi va issiqlik fizikasi” va “Elektr energetikasi va elektrotexnika” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil berilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring