Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Saida Mirziyoyeva: «Toshkentga Jizzaxdan 11 nafar bemor olib kelindi»

Saida Mirziyoyeva: «Toshkentga Jizzaxdan 11 nafar bemor olib kelindi»

«Ko‘ngil ko‘zi» loyihasining xayriya aksiyasi doirasida respublikadagi ixtisoslashtirilgan maktab-internat o‘quvchilari ommaviy tekshiruvdan o‘tkazildi va ko‘rish qobiliyatini tiklash yoki maksimal darajada yaxshilash imkoni bo‘lgan bolalarni operatsiya qilish boshlandi. Bu haqda Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.

«Davolash imkoni bo‘lmagan bolalarga esa ko‘zning noto‘g‘ri rivojlanishi bilan bog‘liq asoratlardan qochishda yordam beriladi.

Bugun Toshkentga Jizzaxdan 11 nafar jasur va qat’iyatli bemorlar olib kelindi. Ularning to‘qqiz nafarida jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladi, ikki nafariga esa ko‘z protezlari qo‘yiladi.

Jami 478 nafar bola operatsiya qilinib, ularda 630 ta jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladi.

Biz har bir bola uchun kurashamiz va ularga yordam berish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz», deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring