Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Turk havo yo‘llari» Istanbuldan Urganchga ilk parvozni amalga oshirdi

«Turk havo yo‘llari» Istanbuldan Urganchga ilk parvozni amalga oshirdi

«Turk havo yo‘llari» aviakompaniyasining Istanbuldan Urganchga ilk parvozi amalga oshirilishi haqida xabar bergandik.

Bugun soat 07:50 da «Turk havo yo‘llari» aviakompaniyasining Airbus A-320 havo kemasi Urganch xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Avaiakompaniyaning Istanbul – Urganch – Istanbul yo‘nalishi bo‘yicha ilk parvozi tantali ravishda kutib olindi.

Ushbu yo‘nalishda parvozlar haftada bir marotaba juma kuni amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, «Turkish Airlines» aviakompaniyasi joriy yilning 8-iyun kuni Istanbul – Farg‘ona – Istanbul yo‘nalishida ham ilk qatnovni amalga oshirgan edi.

Istanbul – Farg‘ona – Istanbul aviaqatnovi haftaning har seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring