Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkiya Adliya vaziri MIB faoliyati bilan tanishdi

Turkiya Adliya vaziri MIB faoliyati bilan tanishdi

Foto: Bosh prokuratura

2018-yil 30-aprel kuni Turkiya Respublikasi Adliya vaziri A.Gyul O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.Murodov tomonidan qabul qilindi. Bu haqda Bosh prokuratura saytida xabar berildi.

Mehmonga sud-huquq tizimini isloh qilish, jinoyat qonunchiligini liberallashtirish, huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan choralar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, Turkiya Respublikasi Adliya vaziri A.Gyul Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti, Majburiy ijro byurosi va Axborot-tahlil multimedia markazi, shuningdek, Bosh prokuraturaning Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va axborot xavfsizligini ta’minlash boshqarmasi, Qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash muammolarini tahlil qilish boshqarmasi hamda Oliy o‘quv kurslari faoliyati bilan tanishtirildi.

Tomonlar ikki davlat vakolatli organlarining huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish va faoliyatga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish borasidagi ish tajribasi bilan almashdilar.

Turkiya Respublikasi Adliya vaziri A.Gyul bo‘lib o‘tgan muloqotdan mamnunligini bildirib, uchrashuv o‘zaro huquqiy munosabatlarning yanada rivojlanishi va mustahkamlanishiga turtki bo‘lishini ta’kidladi va samimiy qabul uchun minnatdorchilik izhor qildi.

Turkiya delegatsiyasi tashrifi doirasida 30-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasida ekstraditsiya haqidagi bitim, shuningdek Bosh prokuratura huzuridagi Departament va Turkiya Respublikasi Moliya vazirligining Moliyaviy jinoyatlar tekshiruvi Kengashi (MASAK) o‘rtasida o‘zaro anglashuv Memorandumi imzolandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring