Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkmaniston koronavirus sabab O‘zbekiston bilan chegarani yopdi

Turkmaniston koronavirus sabab O‘zbekiston bilan chegarani yopdi

Foto:«Sputnik»

Turkmaniston shu yil 31-yanvar sanasidan boshlab O‘zbekiston bilan ikkita chegara punkti, «Shovot» va «Farap»ni yopdi. Bu haqda Xorazm News yozmoqda. 

Bunga koronavirus tarqalishining oldini olish sabab qilib ko‘rsatilmoqda. OAVda tarqalgan xabarlarga ko‘ra chegara qachon ochilishi ma’lum emas. Lekin «Shovot» chegara punkti 14 fevralga qadar yopilishi tahmin qilinmoqda.

«Turkmen.news»ning xabar qilishicha O‘zbekiston tomondan chegara yopilmagan, aksincha nazorat kuchaytirgan. Tibbiyot niqobini taqmagan fuqarolarni ortga qaytarilgan. Bundan mahalliy aholi unumli foydalanib dorixonalarda 3 tasi 2 manatga sotilayotgan niqobning donasini 3 manatdan sotgan.

 Eslatib o‘tamiz, 29-yanvar kuni O‘zbekistonda ham koronavirusning yangi turi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasini tashkil etish to‘g‘risidagi farmoyishi qabul qilindi. Xitoyga bo‘lgan safarlar va tashriflar vaqtincha to‘xtatildi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring