Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turobjon Jo‘rayev bilan birga hibsga olingan o‘rinbosari o‘z vazifasini bajarishga qaytdi

Turobjon Jo‘rayev bilan birga hibsga olingan o‘rinbosari o‘z vazifasini bajarishga qaytdi

Foto: «Xabar.uz»

Samarqand viloyati hokimining avvalroq hibsga olingani aytilgan qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘tkir Abdullayev yana o‘z vazifasini bajarishga qaytgan. Bu haqda «Daryo.uz» xabar bergan.

Avvalroq Samarqand viloyatining sobiq hokimi Turobjon Jo‘rayev korrupsion tizim yaratgani oshkor bo‘lib, unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va ehtiyot chorasi sifatida u qamoqqa olingani haqida xabar bergandik.

Turobjon Jo‘rayev bilan birga  Samarqand viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiya va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘tkir Abdullayev, qurilish bo‘yicha mutaxassis Bahodir Xo‘jaqulov va hokim yordamchisi Botir Xo‘jaqulov ham hibsga olingani ma’lum qilingan edi.

«Daryo.uz» yozishicha, katta miqdorda pora olish bilan bog‘liq gap-so‘zlarga O‘tkir Abdullayevning daxli yo‘q bo‘lishi mumkin. Yoki unga nisbatan ehtiyot chorasi o‘zgartirilgan bo‘lishi, biroq o‘zi hali tergovga jalb etilayotgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda hozircha aniq ma’lumot yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring