Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Twitter»da o‘tkazilgan tanlovimiz yakunlandi. G‘olib nomi ma’lum!

«Twitter»da o‘tkazilgan tanlovimiz yakunlandi. G‘olib nomi ma’lum!

Foto: «Xabar.uz»

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda «UZMOBILE» milliy aloqa operatori bilan hamkorlikda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tanlov e’lon qilganimizdan xabaringiz bo‘lsa kerak. 

Ijtimoiy tarmoqlardan keng foydalangan holda milliy armiyamiz nufuzini oshirish, Qurolli Kuchlar safida konstitutsiyaviy burchini ado etayotgan yigitlarimiz, ularning ota-onalarini qo‘llab-quvvatlash, mamlakatimiz yoshlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga hissa qo‘shish maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbirimizning 2-yo‘nalishi yakunlandi.

«Twitter»da o‘tkazilgan mazkur tanlovda Farg‘ona shahrida istiqomat qiluvchi Azizjon Ahmedov g‘olib deb topildi. Tasodifni qarangki, u zaxiradagi harbiy xizmatchi bo‘lib chiqdi. U umrining 15 yilini Qurolli Kuchlarimiz safida o‘tkazgan, Vatanga sadoqat bilan xizmat qilgan ekan. 

Azizjon Ahmedov tanlovda Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan quyidagi tviti bilan ishtirok etdi. Mazkur tvit boshqalar tomonidan eng ko‘p ulashildi, ya’ni «retweet» qilindi.

Tanlovda g‘olib deb topilgan tvit (skrinshot)
Foto: «Twitter» / Axmedov_AZ

E’lon qilganimizdek, mazkur yo‘nalish g‘olibi tanlovimiz hamkor va homiylari  noutbuk bilan taqdirlanadi. Taqdirlash kuni va joyi haqida keyinroq ma’lum qilamiz! 

G‘olibimizni chin yurakdan tabriklaymiz. Bayram muborak, mukofot muborak! 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring