Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ucell xayrli tashabbusni davom ettirdi

Ucell xayrli tashabbusni davom ettirdi

COSCOM MChJ kompaniyasi (Ucell savdo belgisi) har doim ekologik aksiyalar tarafdori bo‘lib kelgan. Bunday aksiyalar shu yilning bahorida ham davom ettirildi. Kompaniya xodimlari Toshkent, Navoiy va Qarshida daraxt va ko‘chatlar ekish bo‘yicha to‘rtta aksiyada qatnashdi.

Har qanday vaziyatga qaramay, bahor doim daraxt ekish uchun an’anaviy vaqt bo‘lgan. Karantin e’lon qilinsa-da, dala va hovli egalari yon atrofda daraxt va gullar ekib, bog‘bonchilikni davom ettirmoqdalar.

Xabaringiz bor, 14 mart kuni, ya’ni karantin e’lon qilingunga qadar, Ucell poytaxtda 132 tup nastarin ko‘chatini ekkandi.

Karantin choralari tufayli kompaniya vaqtincha keng ko‘lamli ekologik tadbirlarni vaqtincha to‘xtatdi. Ammo u shahar aholisiga daraxt sovg‘a qilish g‘oyasidan voz kechmadi. Ushbu maqsadlar uchun ilgari Ucell kompaniyasi tomonidan sotib olingan 193 tup nastarin ko‘chatlari Toshkent shahrining bosh agronomi Xushnud Yoqubovga topshirildi.

Mirzo Ulug‘bek tumani obodonlashtirish bo‘limi xodimlari o‘z ishlarini a’lo darajada bajarishdi va butun Amir Temur 1-tor ko‘chasi bo‘ylab nastarinlar ekildi.

Navoiyda viloyat filiali xodimlari hamkasblaridan o‘rnak olib, ofis atrofida Toshkentdan yuborilgan 25 tup nastarin ekdilar.

Alisher Gapparov, «Ucell-Navoiy» mintaqaviy bo‘limi direktori v.b.:

— Xodimlarni iloji boricha himoya qilish uchun biz ko‘p odam jalb qilmasdan, ma’muriy boshqarma mutaxassisi bilan birgalikda ko‘chatlarni ekdik. Agronomlar tomonidan aytib o‘tilgan tavsiyalarga amal qildik. Barcha ko‘chatlar ildiz otib va tez orada gullaydi deb umid qilamiz.

Yaqinda esa «Ucell-Qarshi» viloyat boshqarmasi xodimlari Qarshi shahar hokimligining obodonlashtirish bo‘limiga 80 ta ko‘chat: 40 tup hind nastarini va 40 tup ispan burchoqdoshlar topshirdilar.

Obodonlashtirish boshqarmasi bilan kelishib, Sharaf qo‘rg‘onining yonida daraxtlar ekishga qaror qilindi, bu erda bugun xiyobon va sayil bog‘i qurilmoqda.

Malik Yusupov, «Ucell-Qarshi» mintaqaviy bo‘lim direktori v.b.:

— Qashqadaryo viloyati iqlimi keskin kontinental. Yozda havo harorati +60˚C ga yetishi mumkin, qishda esa quruq sovuq shamol esadi. Bunday sharoitga hamma o‘simliklar ham bardosh bera olmaydi. Biz shahar agronomlarining tavsiyalari asosida butalarni tanladik. Ertalab men bilan birga ikki nafar ofis xodimi kelib, maydonchada ishchilarga yordam berdik. Joy juda yaxshi, tez orada bu yerda chiroyli xiyobon va bog‘ paydo bo‘ladi.

Gullar bilan daraxtlar Qarshi va Navoiy shahri aholisi va mehmonlarini quvontiradi, degan umiddamiz.

Aksiyalar mintaqalarda kam sonli ishtirokchilar va karantin vaqtining talablarini inobatga olgan holda tashkil etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring