Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Uchta tuman IIBga yangi boshliqlar tayinlandi

Uchta tuman IIBga yangi boshliqlar tayinlandi

Foto: «Xabar.uz»

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovi amalga oshirildi.

Unga ko‘ra, podpolkovnik Maxsudov Farhodbek Turg‘unboyevich Andijon viloyati Andijon tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar F.Maxsudov Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Alimov G‘olibjon Ubaydullayevich Andijon viloyati Jalaquduq tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar G‘.Alimov Andijon viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi, uyushgan jinoyatchilikka va qurol bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Qunduzov Murodjon Abdumutalib o‘g‘li Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar M.Qunduzov IIV O‘z xavfsizligi boshqarmasi Farg‘ona viloyati bo‘yicha bo‘limi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tezkor vakili lavozimida faoliyat yuritgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring