Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Urganchda axborot xizmatlari uchun seminar o‘tkazildi

Urganchda axborot xizmatlari uchun seminar o‘tkazildi

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi matbuot xizmati

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish, ularning xalq bilan muloqotini jonlantirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari ochiqligini ta’minlashga qaratilgan turkum seminarlar o‘tkazib kelinmoqda.

«Axborot xizmatlari faoliyatiga oid nazariy va amaliy aspektlar» mavzusidagi seminarlarning navbatdagi turkumi 23 may kuni Urganch shahrida tashkil etildi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati, shahar va tumanlar hokimi o‘rinbosarlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari axborot xizmatlari xodimlari ishtirok etdi.

Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida tashkil etilgan o‘quv-seminarda Axborot xizmatlari faoliyatiga doir qonunchilik: milliy va xorijiy tajriba, tashkilot faoliyatida uchraydigan steriotiplar, ularni buzishda OAVning roli, tashkilot imiji va uni boshqarish usullari haqida fikr almashildi.

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi matbuot xizmati

Shuningdek, OAV uchun tadbirlarning o‘ziga xosligi, matbuot-anjumani, brifing, press-tur, taqdimot, tadbirlar uchun zarur PR-matnlar tayyorlash, kamera uchun kiyinish, axborot xizmatlari tomonidan tayyorlanadigan materiallarda vizual instrumentlardan foydalanish, internetdagi on-layn instrumentlardan foydalanish kabi masalalar bo‘yicha taqdimotlar, amaliy mashg‘ulotlar, aqliy hujum, muhokama, bo‘lib o‘tdi.

Treningda kutilgan amaliy natijalar yuzasidan tinglovchilar tomonidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqlarda Axborot xizmatlari faoliyatini tanqid qilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring