Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Urganchda uy-joylar bo‘yicha komissiya a’zolari pora bilan qo‘lga tushdi

Urganchda uy-joylar bo‘yicha komissiya a’zolari pora bilan qo‘lga tushdi

Foto: Uz24.uz

Urganch shahrida qurilayotgan ko‘p qavatli uylarni biriktirish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha hududiy komissiya tarkibidagi bir guruh shaxslar 2018-yil 10-aprel kuni uy-joyga muhtoj bo‘lib, murojaat qilgan fuqaro X.Otajonovdan ajratilgan bir xonali kvartirani uch xonalisiga almashtirish masalasida yordam berishni va’da qilib, uning ishonchiga kirib, 3 million so‘m pulni qonunga xilof ravishda olayotganida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan fosh etildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan, bir guruh shaxslarga nisbatan firibgarlik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring