Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Urgutda Navro‘z! (fotoreportaj)

Urgutda Navro‘z! (fotoreportaj)

Navro‘z munosabati bilan Urgut istirohat bog‘ida bayram sayli bo‘lib o‘tdi. 2018-yil 17-mart.

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 17-mart kuni Samarqand viloyatining Urgut shahrida Navro‘z umumxalq bayrami keng nishonlandi.

Erta tongdan Urgut istirohat bog‘i oldida karnay-surnay sadolari  yangrab xalqni bayram sayliga chorladi. Sayilda tumandagi mahallalar, ta’lim muassasalarining milliy hunarmandchilik buyumlari, bahoriy taomlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Bayram munosabati bilan tashkil etilgan dasturxonlarga, navro‘zning shoh taomi sumalak, halim va halisalar tortildi.

Istirohat bog‘ining 5 ta joyida sahna o‘rnatildi. Viloyat va tumanimizning taniqli xonandalari tomonidan kuy va qo‘shiqlar yangradi.

Tumanning «Beshqarsak» folklor etnografik jamoasi tomonidan milliy urf-odat, an’ana va qadriyatlarimizlarimizni tarannum etuvchi sahna chiqishlari, namoyish etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring