Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘onada urug‘lik donlarni talon-taroj qilgan shaxs qo‘lga tushdi

Farg‘onada urug‘lik donlarni talon-taroj qilgan shaxs qo‘lga tushdi

Foto:«Sputnik.kg»

Bosh prokuratura huzuridagi Inspeksiyaning Farg‘ona viloyati, Quvasoy shahar bo‘limi xodimlari tomonidan «Quvadonmahsulotlari» AJga «B» don qabul qilish shahobchasida fermer xo‘jaliklariga urug‘lik donlarni tarqatilishi yuzasidan nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

Inspeksiyaning ma’lum qilishicha, tekshirishlar davomida «B» don qabul qilish shahobchasi mudiri B.B. «G‘alla-2019» hosili uchun Quvasoy shahrida faoliyat ko‘rsatuvchi jami 38 fermer xo‘jaliklariga yuk xatlari orqali jami 94 945 kilogramm, 206 mln 410 ming so‘mlik urug‘lik donlarni tarqatgan. Biroq u ushbu fermer xo‘jaliklariga urug‘lik donlarni tarqatilganligini tasdiqlovchi kitobga va yuk xatlarining o‘zida qolgan asl nusxalariga qalbaki yozuvlar kiritish yo‘li bilan jami 7475 kg, ya’ni 16 mln 252 ming so‘mlik urug‘lik donlarni qo‘shib yozib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi oydinlashgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Kuva tuman prokuraturasiga yuborildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring