Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Urush qatnashchilari Yaltada bepul dam oladi

Urush qatnashchilari Yaltada bepul dam oladi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 16-aprel kuni «Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Unga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushi faxriylarining istaklari asosida Yalta va Kislovodsk shaharlaridagi «O‘zbekiston» hamda respublika hududidagi boshqa sanatoriylarga bir nafar kuzatuvchisi bilan birga bepul yuboriladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi belgilangan joylarda Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi harbiy texnikalar namoyishi tashkil etiladi.

G‘alabaga o‘z hissasini qo‘shgan, Vatanimiz mustaqilligi uchun jonini, kuch-quvvatini ayamagan har bir faxriy, har bir kishi xotirasi abadiylashtirilishi, ularga munosib hurmat-ehtirom ko‘rsatilishi ta’minlanadi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Toshkent shahrida 2018-yil 9-may soat 21.00 da Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayram salyuti tashkil qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring