Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«USTA SHIRIN»: Siz orzu qilgan maskan qanday bo‘lishi kerak? (video)

«USTA SHIRIN»: Siz orzu qilgan maskan qanday bo‘lishi kerak? (video)

Foto: Modern Stroy

Hozirda poytaxtning qay burchagiga qaramaylik yangi qurilayotgan bunyodkorlik ishlariga ko‘zingiz tushadi. Toshkentning Usta Shirin mahallasida barpo etilayotgan ajoyib qurilish loyihasi barchani hayratga solmoqda. Sababi, noodatiy dizayn, zamonaviy majmuaning yashil tabiat bilan uyg‘unligi har qanday nozikta’b kishining e’tiborini tortmasdan qolmaydi.

«Usta Shirin» turar-joy kompleksi «Modern Stroy» kompaniyasining O‘zbekiston aholisi uchun kutilmagan loyihasi bo‘lib, qulay joylashuvi, bejirim dizayni bilan Singapur, Malayziya kabi davlatlardagi eng zamonaviy turar-joy majmualarini yodga soladi.

«Modern Stroy» kompaniyasi qurilish bosqichidagi «Usta Shirin» turar-joy kompleksidan xonadon sotib olishni istagan xaridorlar uchun ajoyib imkoniyat taqdim qiladi, ya’ni boshlang‘ich to‘lovsiz, foizsiz muddatli to‘lov sharti bilan xonadon sotib olishingiz mumkin, shu bilan birga Toshkent shahrida doimiy propiska uchun to‘lanadigan davlat bojini ham to‘lamaysiz, bu to‘lovni «Modern Stroy» o‘z zimmasiga oladi – bu  «Uchta nol» aksiyasi, ya’ni:

1. Boshlang‘ich to‘lov - 0%

2. Muddatli to‘lov - 0%

3. Toshkent shahrida doimiy propiska uchun to‘lov -  0% (ya’ni davlat boji to‘lovi kompaniya tomonidan amalga oshiriladi).

Shoshiling! Aksiya orqali orzuingizdagi uyga yanada tez va oson erishish imkoni mavjud.

«Usta Shirin» turar-joy majmuasining quyidagi bir qator afzalliklari bor:

⦁ Panoramali deraza romlar;

⦁ 3 metrgacha kenglikdagi balkonlar;

⦁ Maktabgacha ta’lim muassasasi;

⦁ TJM shirkati tomonidan muntazam tozalik;

⦁ Fitnes, basseyn;

⦁ Maxsus isitish tizimi;

⦁ Sun’iy suv havzalari;

⦁ Turli yoshdagi bolalar uchun interaktiv o‘yin maydonchalari;

⦁ Suhbat uchun mo‘ljallangan ochiq ayvonlar;

⦁ Qo‘riqlanadigan hudud;

⦁ Yer osti avtoturargohi;

⦁ Obodonlashtirilgan hovli.

Biznesingiz uchun ajoyib maskan
Binoning birinchi va ikkinchi qavati tijorat uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bu yerda xaridorlar iste’molchilarga maishiy xizmat turlarini taqdim etishlari mumkin. Tadbirkorlar go‘zallik saloni, do‘konlar, dorixona, o‘quv markazlari, restoran kabi muassasalarni ochish imkoniga ega bo‘lishadi.

Qulay joylashuv
Majmuaning qulay joylashuvi ham alohida ta’rifga loyiq. Qurilayotgan majmua har taraflama qulayliklarga ega bo‘lgan hududda, ya’ni «Malika» savdo majmuasi, «Jomiy» qurilish savdo majmualari, 3-sonli tug‘ruqxona, UzExpoCentre ko‘rgazma saroyi, tennis korti, suv sport havzasi, teleminora, 2-sonli tibbiyot kolleji, 20-sonli umumta’lim maktabi, 17-sonli kasalxona va «Minor» masjidiga yaqin yerda joylashgan.

Shuningdek, binoning qurilishida shamol yo‘nalishi, quyoshning botishi kabi geografik me’yorlarga javob beruvchi holatlarga ham e’tibor qaratilgan.

Sokin va osuda hayot

Xonadonlar maydoni 60 kv.metrdan 200 kv.metrgacha. Bundan tashqari, pentxauslar ham mavjud. Bu yerda siz shahar shovqinidan holi bo‘lgan holda sokin yashash imkoniga egasiz. Bino qurilishi shunday tuzilganki, kun davomida turar-joyning har ikki tomonidan ham quyosh nuri tushadi.

Shoshiling! Chegirma asosida xarid qilishga ulgurib qoling! Xonadonlar soni cheklangan.

Manzil:  Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Usta Shirin ko‘chasi.

Mo‘ljal:  «Malika» savdo majmuasi.

Xodimlarimiz dam olish kunlarisiz muntazam xizmatingizda!

Murojaat uchun telefonlar:  90 987-70-00, 95 341-01-01, 71-200-30-03
Sayt:  www.modern-stroy.uz
E-mail:  info@ms.uz
Telegram:  t.me/modernstroy
Instagram:  @modernstroy
Facebook:  fb.com/modern.stroyuz.1

Reklama huquqi asosida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring