Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vafotidan 4 yil keyin ota-ona bo‘lishdi, biroq...

Vafotidan 4 yil keyin ota-ona bo‘lishdi, biroq...

Foto: «Euronews.com»

Xitoyda Tian-tian ismli chaqaloq biologik ota-onasi vafot etganidan 4 yil keyin tug‘ildi. Laoslik bir ayol sun’iy urug‘lantirish natijasida bolani dunyoga keltirgan. Bu haqda «BBC» xabar bermoqda.

Chaqaloqning asl ota-onasining qarindoshlari laoslik ayolni sudga bergan. Xitoyda bu kabi holat avval umuman kuzatilmagan. Shu bois sudga da’vo arizasi bilan chiqqan oila ancha ter to‘kishiga to‘g‘ri keladi.

Bobo va buvi esa chaqaloqqa egalik qilish huquqini qo‘lga kiritish niyatida DNK testi o‘tkazish uchun tegishli tashkilotlarga murojaat qilgan. DNK testi chaqaloq bobo va buvining zurriyodi ekanini isbotlagan.

Eslatib o‘tamiz, xitoylik oila 2013-yili yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etgan edi. Avvalroq sun’iy urug‘lantirish orqali farzand ko‘rish maqsadida er-xotin o‘z urug‘larini muzlatib qo‘ygan edi. Ushbu urug‘lar «Nanjin» shifoxonasida –196 darajada muzlatilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring