Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Vaqf» jamoat fondi rahbari ishdan ketdi

«Vaqf» jamoat fondi rahbari ishdan ketdi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi «Vaqf» xayriya jamoat fondi raisi Iskandar Xalilov vazifasidan ketdi. Uning o‘rniga Toshkent shahri Shayxontohur tumani «Shayx Zayniddin» jome masjidi imom-xatibi Abdurahmonov Yahyo Ubaydullo o‘g‘li tayinlandi.

Sirdaryoda tavallud topgan o‘ttiz besh yoshli Yahyo Abdurahmonov Toshkent islom institutida ta’lim olgan, Misr Arab Respublikasidagi «al-Azhar» universitetida malaka oshirgan, shuningdek, O‘zbekiston milliy universitetining Oliy jurnalistika fakulteti bitiruvchisi hisoblanadi.

«Vaqf» jamoat fondining sobiq raisi I. Xalilov xayriya tariqasida tushgan pullarga «Malibu-2» xizmat mashinasi olganligi ortidan mojarolar markazi qolgandi. U qanday vazifaga o‘tkazilgani haqida ma’lumot berilmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring