Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Vaqti kelib hokimlar xalq tomonidan saylanadi — Prezident

Vaqti kelib hokimlar xalq tomonidan saylanadi — Prezident

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Andijon viloyati faollar kengashida ishtirok etmoqda. Davlat rahbari yig‘ilish davomida deputatlar faoliyatiga to‘xtalib o‘tdi.

— Biz tuman kengashlariga juda katta vakolatlar berganmiz. Deputatlar bu vakolatdan foydalanishi shart.

Asta-sekin shunday tizimga o‘tamizki, hokimlar viloyat, tuman va shahar kengashiga raislik qilmaydigan bo‘ladi. Kengashga xalq tomonidan saylangan deputat boshchilik qiladi.

Ijro hokimiyati vakili kengashga hisobot berishi shart. Ba’zi rahbarlar «men davlat idorasi boshlig‘iman, meni bu lavozimga viloyat hokimi qo‘ydi, xalqqa hisobot bermayman», degan hayolda yuribdi. Deputatlar ulardan hisobot talab qilishi lozim.

Deputatlarga hisobot berishni istamagan rahbar biz olib borayotgan islohotlarga mos kelmaydi, — dedi davlat rahbari.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring