Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Vazir o‘rinbosari: «Mahalla mutlaqo mustaqil organ...»

Vazir o‘rinbosari: «Mahalla mutlaqo mustaqil organ...»

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari Gulnora Ma’rufova sohaga oid ayrim tushunchalarga izoh berib o‘tdi:

— O‘zbekistonda 9225 ta mahalla faoliyat yuritadi. Mahalla davlat tashkiloti hisoblanadimi yoki nodavlat, hokimiyatga bo‘ysunadimi, degan savollarni ko‘p berishadi. Bunga javoban aytish mumkinki, mahalla mutlaqo mustaqil organ. U «Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi Qonuni asosida faoliyat yuritadi.

Aholi soniga ko‘ra, 500 oiladan iborat va undan ko‘p bo‘lsa, bitta mahallani tashkil etadi. Hozirgi kunda mahalla oqsoqolining har bir ko‘chada vakili bo‘lib, faoliyati yuzasidan aholiga hisobot berib boradi. Vazirlik esa ijtimoiy hamkorlik asosida fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga yordam beradi va ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring