Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Vazirlar Mahkamasi sho‘basiga mudir tayinlandi

Vazirlar Mahkamasi sho‘basiga mudir tayinlandi

Foto: «Xabar.uz»

Vazirlar Mahkamasi IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti sho‘ba mudiri tayinlandi.

Hukumatning tegishli (29.10.2020 №664) qaroriga ko‘ra, Diyorbek Abdugapporovich Bekmirzayev O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamentining Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasini muvofiqlashtirish sho‘’basi mudiri etib tayinlandi.

Diyorbek Bekmirzayev tayinlovga qadar O‘zR FA M.T. O‘rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring