Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Vazirlik kuchli psixotrop dorilar sotilishini qat’iy tartibga soladi

Vazirlik kuchli psixotrop dorilar sotilishini qat’iy tartibga soladi

Foto: Google.com

So‘nggi paytlarda jamoatchilikni ayrim fuqarolar, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida kuchli ta’sir etuvchi moddalarni notibbiy maqsadlarda iste’mol qilinishi holatlari tashvishga solib kelayotgan edi. Mamlakatimiz Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi «Dori vositalari noqonuniy aylanishining oldini olish choralarini kuchaytirish to‘g‘risida»gi qarori esa bunday salbiy holatlarga barham berishda, ya’ni dori vositalarining noqonuniy aylanishi va ularning suiiste’mol qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik, kuchli ta’sir qiluvchi moddalar aylanishini tartibga solishni takomillashtirish, shuningdek, aholining sog‘lig‘ini saqlashni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

– Qarorga ko‘ra, 2019 yil 1 dekabrdan boshlab Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxatiga kiritilgan alohida dori vositalari buyum-miqdor jihatdan hisobga olinadi hamda ularning chakana savdosi faqat ijtimoiy dorixonalar va giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni saqlash va realizatsiya qilish (berish) faoliyatiga litsenziyasi mavjud bo‘lgan dorixonalar tomonidan amalga oshiriladi, – deydi Sog‘liqni saqlash vazirligi Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi raisi Ismatjon Azizov. – Shuningdek, shifokor retsepti bo‘yicha beriladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar, shu jumladan, kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxatiga kiritilgan dori vositalarining noqonuniy chakana savdosi holatlariga qat’iy barham beriladi. Bu jarayonda tekshirishlar Ichki ishlar vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilga xabar berish tartibida, Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish orqali tashkil etiladi.

Endilikda kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi qoshida tashkil etiladigan idoralararo ekspert guruhi takliflari asosida kiritib boriladi.

Yana bir e’tiborli jihati, Sog‘liqni saqlash vazirligi Ichki ishlar vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda dori vositalarining notibbiy maqsadlarda iste’mol qilinishi ustidan doimiy monitoring olib borishi va zarur hollarda ekspert guruhiga tegishli takliflarni kiritish choralarini ko‘rib boradi. Bunda ikki oy muddatda dori vositalari va tibbiy buyumlarni realizatsiya qilish qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlikni takomillashtirishga oid, shu jumladan, retsept bo‘yicha dori vositalarini berish tartibini buzganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi qonun loyihasini tayyorlash ham nazarda tutilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring