Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Video. Turizm kreditini olish tartibi qanday?

Video. Turizm kreditini olish tartibi qanday?

Foto: «O‘zsanoatqurilishbank»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-fevraldagi «Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori ijrosini ta’minlash hamda mijozlar va yurtimiz aholisidan kelib tushgan takliflar, ularning xohish-istaklaridan kelib chiqib, «O‘zsanoatqurilishbank» turizm xizmatlari uchun Turizm krediti berishni yo‘lga qo‘ydi!

Turizm kreditini olish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:

  • pasport nusxasi;
  • oxirgi 12 oy mobaynidagi daromad to‘g‘risida ma’lumotnoma;
  • turizm sohasida faoliyat ko‘rsatish bo‘yicha litsenziyaga ega mahalliy turoperator taqdim etgan shartnoma;
  • kafil hujjatlari (pasport nusxasi va oxirgi 12 oy mobaynidagi daromad to‘g‘risida ma’lumotnoma). 

Turizm krediti boshlang‘ich badalsiz, 3 yil muddatga, eng kam ish haqining 100 barobarigacha (17 224 000 so‘mgacha) beriladi. Kredit summasi turoperator hisob raqamiga o‘tkaziladi.

Turoperator tomonidan taqdim etilgan shartnomada barcha turistik xizmatlar uchun xarajatlar (transport, mehmonxona, dam olish maskanlari, gid, ovqatlanish, tarixiy obidalar, muzey, teatr, ko‘ngilochar hamda sport maskanlariga tashrif va boshqalar), shu jumladan, oila a’zolari xarajatlari ham kiritilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, jismoniy shaxslarning soliqqa tortiladigan daromadlari turistik yo‘llanmalarni sotib olishga yo‘naltirilgan xarajatlar summasiga kamaytiriladi. Bunda turistik yo‘llanma, avia va temir yo‘l chiptalari, avtotransport chiptalari va cheklari tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi.

«O‘zsanoatqurilishbank» o‘z mijozlarini yuksak qadrlaydi va yanada qulay hamda zamonaviy xizmatlarni joriy qilishda davom etadi!

Qo‘shimcha ma’lumotlarni (0371) 200-43-43, 233-63-78 telefon raqamlaridan yoki quyidagi manzildan olishingiz mumkin:

Reklama huquqi asosida

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring