Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Viloyat hokimligi «Andijon polkasi» bo‘yicha izoh ber(ma)di

Viloyat hokimligi «Andijon polkasi» bo‘yicha izoh ber(ma)di

Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati bugun shov-shuvga aylanib ketgan «Andijon polkasi» oyligi haqidagi xabarnomani na tasdiqladi, na inkor qildi.

Xabar.uz so‘roviga javoban ular hali bu holatdan to‘liq boxabar emasligini aytishdi va o‘rganish yakunlangach, qo‘shimcha ma’lumot berilishini bildirishdi.

Lekin tuman hokimliklari rasmiy kanallarida turli tashkilotlar va maktablarda «Andijon polkasi»ga o‘ynash va uni targ‘ib qilish ishlari allaqachon boshlab yuborilgan. Video va rasmlarda o‘quvchilar va davlat xizmatchilari, shifokorlar ish va o‘qish vaqtida ko‘chada raqs tushayotganini ko‘rish mumkin.

Andijon viloyati bugun trenddan tushmay qoldi. Avvalroq viloyat hokimi barcha andijonliklarni «Andijon polkasi»ga o‘ynashga chaqirgan edi. So‘ng esa Izboskan hokimi bir kunda 49 ta yer maydonini o‘ziga o‘tkazib olgan va uning «Yashil makon» bo‘yicha shubhali audiosi tarqalgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring